Demo versiya — ma'lumotlar har 24 soatda qayta tiklanadi. Haqiqiy to'lov va xabarlar ishlamaydi.
Campus
Campus
Yordam

BSB va ChSB tushunchalari hamda platformadan foydalanish bo'yicha qo'llanma.

Yordam

Campus — summativ baholash (BSB va ChSB) natijalarini hisoblash, tahlil qilish va ota-onalarga yetkazish uchun. Quyida asosiy tushunchalar va tizim qanday ishlashi.

Asosiy tushunchalar

BSB — bo'lim bo'yicha summativ baholash
Har bir bo'lim (mavzular to'plami) tugaganda o'tkaziladigan yozma ish.
ChSB — chorak bo'yicha summativ baholash
Chorak oxirida o'tkaziladigan yakuniy ish. Har bir sinf va fan uchun chorakda bitta.
O'quv maqsadi
Topshiriq tekshiradigan ko'nikma: «har xil maxrajli kasrlarni qo'shadi».
Deskriptor
O'quvchining alohida tekshiriladigan bitta qadami: «umumiy maxrajni topadi» — odatda 1 ball. Ishning maksimal bali deskriptorlar ballari yig'indisi.
Fikrlash darajalari
Bilish va tushunish → qo'llash → yuqori darajadagi fikrlash (tahlil, baholash, yaratish).
Qayta topshirish
Ishga kelmagan o'quvchi uchun avtomatik ochiladi. Natija asl ishga yoziladi va chorak bahosida hisobga olinadi. O'quvchi topshira olmasa, o'qituvchi sababi bilan bekor qiladi — shunda bu ish uning chorak bahosiga kirmaydi.

Hisoblar qanday ochiladi

  • O'qituvchi — o'zi ro'yxatdan o'tadi. Maktabga biriktirish va sinflarni berishni administrator qiladi.
  • O'quvchi — sinf rahbari qo'shadi (bittalab yoki Excel). Login va vaqtinchalik parolni o'quvchiga beradi; birinchi kirishda parol almashtiriladi.
  • Ota-ona — sinf rahbari bergan bir martalik kod bilan o'zi ro'yxatdan o'tadi va farzandiga avtomatik biriktiriladi. Bir nechta farzand bo'lsa, har biri uchun kod kiritiladi.
  • Direktor — administrator maktab uchun bir martalik taklif havolasi yuboradi; direktor havola orqali ro'yxatdan o'tadi va maktabga avtomatik biriktiriladi.
  • Administrator — rolni faqat boshqa administrator beradi.

Rolni hech kim o'zi tanlay olmaydi — shunda o'quvchi o'qituvchi yoki direktor ma'lumotlarini ko'ra olmaydi.

Ish yo'li

QoralamaRejalashtirilganO'tkazilganBaholanganQulflangan
  • Qoralama — topshiriq va deskriptorlar qo'shiladi.
  • Rejalashtirilgan — sana belgilangan, kamida bitta deskriptor bor. Varaqni chop etish mumkin. Natijalar shu sanadan boshlab kiritiladi.
  • O'tkazilgan — natijalar qisman kiritilgan. Natija ish o'tkazilganidan keyin 3 kun ichida kiritilishi kerak, aks holda direktor «kechikkan» deb ko'radi.
  • Baholangan — barcha o'quvchilar natijasi kiritilgan. Faqat shundan keyin natija o'quvchi va ota-onaga ko'rinadi.
  • Qulflangan — chorak yopilgan, o'zgartirib bo'lmaydi (faqat administrator ochadi).

Natija kiritilgandan keyin topshiriq va deskriptorlarni o'zgartirib bo'lmaydi — aks holda ballar ma'nosini yo'qotadi.

Baho va chorak bahosi

Ish foizi = to'plangan ball ÷ maksimal ball × 100. Baho foizdan shkala bo'yicha qo'yiladi:

FoizBaho
0% – 40% gacha2
40% – 60% gacha3
60% – 80% gacha4
80% va undan yuqori5

Chorak foizi = BSB'lar o'rtachasi × 50% + ChSB × 50%, yaxlitlash: eng yaqin (0.5 dan yuqoriga). ChSB hali bo'lmasa — faqat BSB'lar bo'yicha dastlabki baho.

Kelmagan yoki to'liq baholanmagan o'quvchiga chorak bahosi chiqmaydi. O'qituvchi bahoni qo'lda o'zgartirishi mumkin — sababi majburiy va jurnalga yoziladi.

Tariflar

  • Bepul: sinflar, BSB/ChSB, natijalar, chorak baholari, o'quvchi va ota-ona kabineti, eslatmalar.
  • Pro — oylik — 49 000 so'm / 30 kun: Bitta o'qituvchi uchun barcha premium imkoniyatlar.
  • Pro — yillik — 390 000 so'm / 365 kun: Pro tarifi, 12 oy uchun — oylikka nisbatan arzonroq.
  • Maktab — 990 000 so'm / 30 kun: Butun maktab va metodbirlashma uchun.

Maktab tarifi maktabning barcha o'qituvchilariga Pro imkoniyatlarini beradi. Yangi tarif shu turdagi joriy tarif tugagan kundan boshlanadi — to'langan kunlar yo'qolmaydi.

AI yordamchi limitlari

  • Pro tarif: kuniga 5 ta so'rov; Maktab tarifi: 5 ta.
  • Bitta maktabning barcha o'qituvchilariga kuniga jami 300 ta.
  • Xizmat xatosi (ulanish, band) bilan tugagan so'rovlar limitdan ayirilmaydi.
  • AI'ga o'quvchilar haqida hech qanday ma'lumot yuborilmaydi.

Hamyon va to'lovlar

  • Hamyon tarif sotib olish uchun ichki hisob. Har bir kirim va chiqim o'zgarmas yozuv sifatida qoladi.
  • Onlayn to'lovda pul to'lov tizimi tasdiqlagandan keyin tushadi. Naqd yoki bank orqali to'lovni administrator kiritadi.

Platforma haqida

Campus — INASHU Technology loyihasi. INASHU Technology loyihalarni yaratish, qo'llab-quvvatlash va yangilash bilan shug'ullanuvchi IT kompaniya. Taklif yoki muammo bo'yicha aloqa sahifasi orqali murojaat qiling.

Rasmiy sayt: inashu.uz